Bank hisobvarag'i shartnomasi bo'yicha bir taraf — bank yoki boshqa kredit muassasasi (bundan buyon matnda — bank) ikkinchi tarafning — mijozning (hisobvaraq egasining) hisobvarag'iga tushayotgan pul mablag'larini qabul qilish va kiritib qo'yish, mijozning hisobvaraqdan tegishli summalarini o'tkazish va to'lash hamda hisobvaraq bo'yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi farmoyishlarini bajarish majburiyatini oladi.
Ushbu bobning banklarga taalluqli qoidalari boshqa kredit tashkilotlari o'zlariga berilgan ruxsatnoma (litsenziya)ga muvofiq bank hisobvarag'i shartnomasini tuzish va bajarish chog'ida ularga nisbatan ham qo'llanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
771-modda. Bank hisobvarag'i shartnomasi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.