Omonat (depozit) sertifikati egasining nomi yozilgan qimmatli qog'oz bo'lib, bankka qo'yilgan omonat summasini ham, omonatchining (sertifikat saqlovchining) belgilangan muddat tamom bo'lganidan keyin sertifikatni bergan bankda yoki ushbu bankning istalgan filialida omonat summasini va sertifikatda ko'rsatib qo'yilgan foizlarni olish huquqini ham tasdiqlaydi.
Omonat (depozit) sertifikati pul to'lash uchun muddatidan oldin taqdim etilgan taqdirda bank, agar sertifikatning shartlarida foizlarning boshqacha miqdori belgilab qo'yilgan bo'lmasa, omonat summasini va talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar bo'yicha to'lanadigan foizlarni to'laydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
770-modda. Omonat (depozit) sertifikati
(770-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2009 йил 22 сентябрдаги ЎРҚ-223-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2009 й., 39-сон, 423-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.