Fuqarolik kodeksi

752-modda. Mijozning moliya agenti oldidagi javobgarligi

(752-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)

Mijoz qarzdorning mijozga nisbatan qarshi talablari mavjudligi to'g'risida axborot taqdim etilishi va boshqa shaxs foydasiga voz kechish narsasi bo'lgan pul talabnomasining haqiqiyligi uchun moliya agenti oldida javobgar bo'ladi. Agar mijoz pul talabnomasini topshirish huquqiga ega bo'lsa va ushbu talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechish paytida u qarzdor bu huquqni bajarmaslikka haqli bo'ladigan vaziyatlardan bexabar bo'lsa, boshqa shaxs foydasiga voz kechish narsasi bo'lgan pul talabnomasi haqiqiy hisoblanadi. Agar pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, qarzdor boshqa shaxs foydasiga voz kechish narsasi bo'lgan pul talabnomasini bajarmaganligi yoki tegishli darajada bajarmaganligi uchun mijoz javobgar bo'lmaydi. Agar pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, mijoz pul talabnomasini uchinchi shaxslarning har qanday huquqlaridan ozod holda topshirishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.