To'lov muddati kelgan pul talabnomasi ham (mavjud talabnoma), shuningdek kelajakda vujudga keladigan pul mablag'larini olish huquqi (bo'lajak talabnoma) ham moliyalash evaziga boshqa shaxs foydasiga voz kechiladigan narsa bo'lishi mumkin.
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasida boshqa shaxs foydasiga voz kechish narsasi bo'lgan pul talabnomasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan ma'lumotlar bo'lishi kerak.
Bo'lajak pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechilganida, u shartnomada nazarda tutilgan talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechish narsasi bo'lgan pul mablag'larini qarzdordan olish huquqi vujudga kelganidan keyin moliya agentiga o'tgan hisoblanadi. Agar pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish ma'lum voqeaga bog'liq bo'lsa, boshqa shaxs foydasiga voz kechish ushbu voqea yuz berganidan keyin kuchga kiradi. Bunday hollarda pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechishni qo'shimcha rasmiylashtirish talab qilinmaydi.
Moliya agentining pul talabnomasiga bo'lgan huquqi mazkur talabnomadan kelib chiqadigan barcha daromadlarga nisbatan tatbiq etiladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
751-modda. Mablag' olish maqsadida boshqa shaxs foydasiga voz kechiladigan pul talabnomasi
(751-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.