Fuqarolik kodeksi

683-modda. Kamchiliklarni buyurtmachi hisobidan bartaraf qilish

Qurilish pudrati shartnomasida pudratchining u javobgar bo'lmagan kamchiliklarni buyurtmachining talabi bo'yicha va buyurtmachi hisobidan bartaraf qilish majburiyati nazarda tutilishi mumkin. Kamchiliklarni bartaraf qilish ishi qurilish pudrati shartnomasining narsasiga bevosita bog'liq bo'lmagan yoki bu ishni pudratchi o'ziga aloqasi yo'q sabablarga ko'ra bajara olmaydigan hollarda pudratchi ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan majburiyatni bajarishdan bosh tortishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.