Pudratchi bajargan ish pudrat shartnomasining shartlariga, shartlar bo'lmaganida yoki to'liq bo'lmaganida esa, odatda tegishli turdagi ishlarga qo'yiladigan talablarga mos kelishi kerak. Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, bajarilgan ish natijasi buyurtmachiga topshirish paytida shartnomada ko'rsatilgan yoki odatda qo'yiladigan talablar bilan belgilangan xususiyatlarga ega bo'lishi va oqilona muddat davomida shartnomada nazarda tutilganidek foydalanish uchun, agar u shartnomada belgilangan bo'lmasa, bunday turdagi ishning natijasidan odatdagidek foydalanish uchun yaroqli bo'lishi kerak.
Agar qonunchilikda pudrat shartnomasi bo'yicha bajariladigan ishga qo'yiladigan majburiy talablar nazarda tutilgan bo'lsa, tadbirkor sifatida ish olib borayotgan pudratchi ishni bunday majburiy talablarga amal qilgan holda bajarishi shart.
Pudratchi belgilangan majburiy talablarga nisbatan sifat jihatidan birmuncha yuqori talablarga javob beradigan ishni bajarishni pudrat shartnomasi asosida o'z zimmasiga olishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
647-modda. Ishning sifati
(647-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.