Fuqarolik kodeksi

569-modda. Transport vositasidan foydalanish haqida uchinchi shaxslar bilan tuziladigan shartnomalar

Agar ijara shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan transport vositasini ekipaj bilan yoki ekipajsiz ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchining roziligi bilan qo'shimcha ijaraga berishga haqli. Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligisiz o'z nomidan, agar ijara shartnomasida nazarda tutilgan transport vositalaridan foydalanish maqsadlariga, bordi-yu bunday maqsadlar belgilab qo'yilgan bo'lmasa, transport vositasining vazifasiga xilof bo'lmasa, uchinchi shaxslar bilan tashish shartnomalarini va boshqa shartnomalarni tuzishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.