Fuqarolik kodeksi

568-modda. Transport vositasi uni saqlash, boshqarish va texnik foydalanish bo'yicha xizmat ko'rsatmagan holda ijaraga berilganida ijaraga oluvchining majburiyatlari

Ijaraga oluvchi transport vositasini ijaraga berish shartnomasi amal qilib turgan butun muddat davomida ijaraga olingan transport vositasini tegishli holatda saqlab turishi, jumladan uni joriy ta'mirlashni, shuningdek, agar shartnomada boshqacha hol nazarda tutilgan bo'lmasa, kapital ta'mirlashni ham amalga oshirishi shart. Ijaraga oluvchi ijaraga olingan transport vositasini o'z kuchi bilan boshqaradi, shuningdek undan tijorat maqsadida va texnik foydalanishni amalga oshiradi. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan transport vositasini saqlash, uni sug'urtalash, shu jumladan o'z javobgarligini sug'urtalash, transport vositasini ishlatish bilan bog'liq xarajatlarni amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.