Yuridik shaxs qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim. Davlat ro'yxatidan o'tkazish haqidagi ma'lumotlar barchaning tanishib chiqishi uchun ochiq bo'lgan yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritiladi.
Yuridik shaxsni tashkil etishning qonunda belgilab qo'yilgan tartibini buzish yoki uning ta'sis hujjatlari qonunga mos kelmasligi yuridik shaxsni davlat ro'yxatidan o'tkazishning rad etilishiga sabab bo'ladi. Davlat ro'yxatidan o'tkazishning xabardor qilish tartibi belgilangan yuridik shaxslarni ro'yxatdan o'tkazishni rad etish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Yuridik shaxsni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan uni ro'yxatdan o'tkazishni rad etishga yo'l qo'yilmaydi.
Davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etish, shuningdek ro'yxatdan o'tkazish muddatini buzish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Yuridik shaxs davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
Yuridik shaxs qonunda belgilangan hollardagina qayta ro'yxatdan o'tkazilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
44-modda. Yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazish
(44-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.