Fuqarolik kodeksi

439-modda. Mahsulot yetkazib berish shartnomasini tuzish vaqtida kelib chiqadigan kelishmovchiliklarni hal qilish

Bir tarafning tovarlar yetkazib berish shartnomasini tuzish haqidagi taklifi shartnoma loyihasi shaklida boshqa tarafga yuborilgan taqdirda, ikkinchi taraf shartnomani boshqa shartlarda tuzishga rozi bo'lsa, loyihani olganidan so'ng kechi bilan o'ttiz kun ichida kelishmovchiliklar bayonnomasini tuzadi va uni imzolangan shartnoma bilan qaytaradi, kelishmovchiliklar bayonnomasini olgan taraf o'ttiz kunlik muddatda shartnoma shartlarini kelishish choralarini ko'rishi (imkoniyat bo'lsa, boshqa taraf bilan birgalikda) yoki shartnoma tuzishni rad etishini boshqa tarafga yozma ravishda bildirishi lozim. Mahsulot yetkazib berish shartnomasi shartlari bo'yicha kelishmovchiliklar bayonnomasini olgan, biroq shartnoma shartlarini kelishish choralarini ko'rmagan va shartnoma tuzishni rad etishini ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatda boshqa tarafga ma'lum qilmagan taraf shartnoma shartlarini kelishib olishdan bosh tortish oqibatida yetkazilgan zararni qoplashga majbur.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.