Fuqarolik kodeksi

433-modda. Tegishli sifatli tovarni almashtirish

(433-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Sotib oluvchi o'ziga nooziq-ovqat tovari topshirilgan paytdan boshlab o'n kun mobaynida, agar bundan uzoqroq muddat sotuvchi tomonidan e'lon qilinmagan bo'lsa, xarid qilingan tegishli sifatli tovarni xarid joyida yoki sotuvchi e'lon qilgan boshqa joylarda o'lchami, shakli, hajmi, andazasi, rangi, to'plami boshqacha bo'lgan xuddi shunday tovarga almashtirishga haqli, bunda u narxlarda farq bo'lgan taqdirda sotuvchi bilan zarur hisob-kitobni amalga oshiradi. Sotuvchida almashtirish uchun zarur tovar bo'lmaganida sotib oluvchi xarid qilingan tovarni sotuvchiga qaytarib berish va unga to'langan pul summasini olish huquqiga ega. Agar tovardan foydalanilmagan, uning iste'mol xususiyatlari saqlangan bo'lsa va ushbu sotuvchidan sotib olinganining isboti bo'lsa, sotib oluvchining tovarni almashtirish yoki qaytarib olish haqidagi talabi qanoatlantirilishi lozim. Ushbu moddada ko'rsatilgan asoslar bo'yicha almashtirilmaydigan yoki qaytarib olinmaydigan tovarlar ro'yxati qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.