Fuqarolik kodeksi

432-modda. Tovar bahosi va uning haqini to'lash

(432-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa yoki u majburiyatning mohiyatidan kelib chiqmasa, sotib oluvchi tovar haqini chakana oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan paytda sotuvchi tomonidan e'lon qilingan bahoda to'lashi lozim. Chakana oldi-sotdi shartnomasida tovarning haqini oldindan to'lash nazarda tutilgan hollarda, agar taraflar kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, sotib oluvchining tovar haqini shartnomada belgilangan muddatda to'lamasligi uning shartnomani bajarishdan bosh tortishi deb hisoblanadi. Tovarlarni nasiyaga chakana olish-sotish haqida tuzilgan, shu jumladan sotib oluvchining tovarlar haqini bo'lib-bo'lib to'lashi sharti bilan tuzilgan shartnomalarga nisbatan ushbu Kodeks 421-moddasining to'rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar qo'llanmaydi. Sotib oluvchi tovar haqini bo'lib-bo'lib to'lashning shartnomada belgilangan davrida istagan vaqtida tovar haqini batamom to'lashga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.