Dastlabki shartnoma bo'yicha taraflar kelgusida mol-mulk berish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko'rsatish haqida dastlabki shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida shartnoma tuzish (asosiy shartnoma) majburiyatini oladilar.
Dastlabki shartnoma asosiy shartnoma uchun belgilangan shaklda, bordi-yu, asosiy shartnomaning shakli aniqlanmagan bo'lsa, yozma shaklda tuziladi. Dastlabki shartnomaning shakli to'g'risidagi qoidalarga rioya qilmaslik uning haqiqiy sanalmasligiga sabab bo'ladi.
Dastlabki shartnomada asosiy shartnomaning narsasini, shuningdek boshqa muhim shartlarini belgilab qo'yish imkonini beradigan shartlar bo'lishi kerak.
Dastlabki shartnomada taraflar qancha muddatda asosiy shartnomani tuzish majburiyatini olishi ko'rsatiladi. Agar dastlabki shartnomada bunday muddat belgilab qo'yilgan bo'lmasa, asosiy shartnoma dastlabki shartnoma tuzilgan paytdan boshlab bir yil ichida tuzilishi shart.
Dastlabki shartnomani tuzgan taraf asosiy shartnomani tuzishdan bosh tortgan taqdirda ushbu Kodeks 377-moddasining oltinchi va yettinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar qo'llaniladi.
Agar taraflar asosiy shartnomani tuzishlari lozim bo'lgan muddatning oxirigacha u tuzilmasa yoki taraflarning birontasi ham ikkinchi tarafga ana shunday shartnoma tuzish haqida taklif yubormasa, dastlabki shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bekor bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
361-modda. Dastlabki shartnoma
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.