Fuqarolik kodeksi

360-modda. Qo'shilish shartnomasi

(360-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Shartlarini taraflardan biri formulyarlar yoki boshqa standart shakllarda ta'riflagan hamda ikkinchi taraf faqat taklif qilingan shartnomaga butunlay qo'shilish yo'li bilan qabul qilishi mumkin bo'lgan shartnoma qo'shilish shartnomasi deyiladi. Agar qo'shilish shartnomasi garchi qonunchilikka zid bo'lmasa-da, biroq qo'shiluvchi tarafni odatda ana shunday turdagi shartnomalar asosida beriladigan huquqlardan mahrum etsa, ikkinchi tarafning majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarligini istisno etsa yoki cheklasa yohud unda qo'shilgan taraf uchun ochiqdan-ochiq og'ir bo'lgan, bu tarafda shartnoma shartlarini belgilashda qatnashish imkoniyati bo'lganida u o'zining manfaatlarini ko'zlab qabul qilmaydigan shartlar yozib qo'yilgan bo'lsa, shartnomaga qo'shilgan taraf shartnomani bekor qilishni yoki o'zgartirishni talab qilishga haqli. Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo'lganida o'z tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi munosabati bilan shartnomaga qo'shilgan taraf qanday shartlar asosida shartnoma tuzayotganligini bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan bo'lsa, shartnomaga qo'shilgan tarafning shartnomani bekor qilish yoki o'zgartirish haqida qo'ygan talabi qondirilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.