Fuqarolik kodeksi

256-modda. Majburiyatlarni muqobil suratda bajarish

Taraflardan biri shartnomaga muvofiq boshqa tarafning o'z majburiyatlarini bajarishiga bog'liq qilib qo'yilgan majburiyatni bajarishi muqobil bajarish hisoblanadi. Burchli taraf shartnomada belgilab qo'yilgan majburiyatni bajarmagan yoki majburiyat belgilangan muddatda bajarilmasligini ochiq ko'rsatib turgan vaziyat mavjud bo'lgan taqdirda, muqobil ijroni o'z zimmasiga olgan taraf o'z majburiyatini bajarmay turishga yoki bu majburiyatni bajarishdan bosh tortishga va ko'rilgan zararni to'lashni talab qilishga haqli. Agar shartnomada ko'rsatilgan majburiyat to'la hajmda bajarilmagan bo'lsa, muqobil ijroni o'z zimmasiga olgan taraf o'z majburiyatining ikkinchi tarafning to'la hajmda bajarilmagan majburiyatiga mos keladigan qismini bajarishni to'xtatib qo'yishga yoki bajarishdan bosh tortishga haqli. Agar bir taraf shartnomada belgilab qo'yilgan o'z majburiyatini bajarmagan bo'lishiga qaramay, ikkinchi taraf majburiyatning muqobil ijrosini amalga oshirgan bo'lsa, birinchi taraf o'z majburiyatini bajarishi shart. Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar shartnoma yoki qonunda boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.