Talab solidar bo'lib qo'yilganida har qanday solidar kreditor qarzdorga to'la hajmda talab qo'yishga haqli bo'ladi.
Qarzdor solidar kreditorlardan birining talabiga qarshi o'zining ushbu kreditor qatnashmaydigan boshqa solidar kreditorlar bilan munosabatlariga asoslangan e'tirozlarni qo'yishga haqli emas.
Majburiyatni solidar kreditorlardan biriga nisbatan to'la bajarish qarzdorni majburiyatni boshqa solidar kreditorlarga nisbatan bajarishdan ozod qiladi.
Qarzdordan majburiyatning ijrosini qabul qilib olgan solidar kreditor, basharti ular o'rtasidagi munosabatlardan boshqacha tartib anglashilmasa, boshqa kreditorlarga tegishli bo'lgan ulushlarni ularga to'lashi shart.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
255-modda. Solidar talablar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.