Ushbu Kodeksning 228-moddasiga muvofiq, mulkdor mol-mulkini talab qilib olayotganida quyidagilarni ham talab qilib olishga haqlidir:
o'z egaligining qonuniy emasligini bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan shaxsdan (insofsiz egallovchi) ushbu shaxs mol-mulkka egalik qilgan butun vaqt davomida olgan yoki olishi lozim bo'lgan barcha daromadlarni qaytarib berishni yoki to'lashni;
insofli egallovchidan esa — u o'zining egaligi qonuniy emasligini bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan paytdan boshlab yoxud mulkdorning mol-mulkni talab qilib olish haqidagi da'vosi bo'yicha talab kelgan paytdan boshlab olgan yoki chiqarib olishi lozim bo'lgan hamma daromadlarni.
O'z navbatida insofli egallovchi ham, insofsiz egallovchi ham mol-mulkdan qancha vaqt davomida olingan daromad mulkdorga qaytarilishi kerak bo'lsa, shuncha vaqt davomida mol-mulkka qilingan zarur xarajatlarini to'lashni mulkdordan talab qilishga haqli.
Basharti, ashyoni yaxshilaydigan narsalarni ashyoga shikast yetkazmasdan ajratib olish mumkin bo'lsa, insofli egallovchi mazkur narsalarni o'zida qoldirishga haqli. Agar bunday narsalarni ajratib olish mumkin bo'lmasa, insofli egallovchi ashyoni yaxshilash uchun qilingan xarajatlarni talab qilib olish huquqiga ega, lekin bu xarajatlar ashyoga qo'shilgan qiymatdan ko'p bo'lmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
230-modda. Mol-mulk boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olinganda daromadlar va xarajatlarni to'lash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.