Qonunda belgilangan hollar va tartibdan tashqari, hech kimning huquq va muomala layoqati cheklanishi mumkin emas.
Fuqarolarning muomala layoqatini cheklashning qonunda belgilab qo'yilgan shartlari va tartibiga rioya qilmaslik davlat organining tegishli cheklashni belgilaydigan hujjati haqiqiy emasligiga sabab bo'ladi.
Fuqaroning huquq layoqatidan yoki muomala layoqatidan to'la yoki qisman voz kechishi va huquq layoqati yoki muomala layoqatini cheklashga qaratilgan boshqa bitimlar o'z-o'zidan haqiqiy emasdir, bunday bitimlarga qonun tomonidan yo'l qo'yiladigan hollar bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
23-modda. Fuqaroning huquq layoqati va muomala layoqatini cheklashga yo'l qo'yilmasligi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.