Mahalliy davlat hokimiyati organlarining mol-mulki, mahalliy byudjet mablag'lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo'jalik, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, xalq ta'limi, madaniyat, sog'liqni saqlash muassasalari, shuningdek boshqa mol-mulk munitsipal mulk bo'ladi.
Munitsipal mulk bo'lgan mol-mulkni, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki ular vakil qilgan organlar tasarruf etadilar.
Munitsipal mulk bo'lgan mol-mulk yuridik shaxslarga operativ boshqarish huquqi asosida biriktirib qo'yilishi mumkin.
Munitsipal mulk mahalliy byudjetga tushadigan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar hisobidan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga muvofiq boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi.
Munitsipal mulk ob'yektlari qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlar asosida xususiy mulk qilib berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
215-modda. Munitsipal mulk
(215-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.