Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo'shlig'i, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar, davlat hokimiyati va boshqaruvi respublika organlarining mol-mulki, davlat ahamiyatiga ega bo'lgan moddiy madaniy meros ob'yektlari, respublika byudjetining mablag'lari, oltin zaxirasi, davlatning valyuta fondi va boshqa fondlari respublika mulkidir, shuningdek korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, o'quv, ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari, intellektual faoliyat natijalari, basharti bular byudjet yoki davlatning o'zga mablag'lari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan bo'lsa, boshqa mol-mulk respublika mulki bo'lishi mumkin.
Respublika mulki bo'lgan mol-mulkni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Hukumati yoki ular maxsus vakil qilgan organlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, tasarruf qiladilar.
Respublika mulki bo'lgan mol-mulk davlat yuridik shaxslariga operativ boshqarish huquqi asosida biriktirib qo'yilishi mumkin.
Respublika mulki respublika byudjetiga tushadigan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar hisobidan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi.
Respublika mulki ob'yektlari qonunchilikda belgilab qo'yilgan tartibda va shartlar asosida xususiy mulk qilib berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
214-modda. Respublika mulki
(214-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.