O'z ismi bilan yashash huquqiga e'tiroz bildirilayotgan yoki ismidan qonunsiz foydalanilayotganligi munosabati bilan manfaatlari buzilayotgan shaxs manfaatlarini buzuvchidan bunday harakatlarga chek qo'yishni va raddiya berishni talab qilishi mumkin. Agar manfaatlar qasddan buzilayotgan bo'lsa, jabrlangan shaxs qo'shimcha suratda zararni qoplashni talab qilishi mumkin. Zararni qoplash uchun manfaatni buzgan shaxsning daromadini berish talab qilinishi mumkin. Manfaat qasddan buzilganida jabrlanuvchi ma'naviy ziyonning qoplanishini ham talab qilish huquqiga ega.
Ism yoki shaxsiy sha'n egasi bo'lmagan, lekin oilaviy mavqeiga ko'ra bundan manfaatdor bo'lgan shaxs ham ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan harakatlarga chek qo'yish yoki raddiya berish haqidagi talablarni qo'yishi mumkin. Bu shaxs boshqa shaxsning o'limidan keyin ham uning ismini va sha'nini himoya qilishga qaratilgan talablarning bajarilishiga harakat qilishi mumkin. Ismni va sha'nni buzish tufayli keltirilgan zararni qoplash talabi o'limdan keyin tan olinmaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
20-modda. Ismni himoya qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.