Fuqarolik kodeksi

2-modda. Fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlar

(2-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 23 июндаги ЎРҚ-1070-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 24.06.2025 й., 03/25/1070/0536-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 25 сентябрь)

Fuqarolik qonunchiligi fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo'lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o'zga majburiyatlarni, shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bog'liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlarning ishtirokchilari bo'ladilar. Agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, fuqarolik qonunchiligida belgilab qo'yilgan qoidalar chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar hamda chet ellik yuridik shaxslar ishtirokidagi munosabatlarga qo'llaniladi. Shaxsiy nomulkiy munosabatlar va mulkiy munosabatlar bilan bog'liq bo'lmagan shaxsiy munosabatlar, agar qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa yoki bu munosabatlarning mohiyatidan o'zgacha hol anglashilmasa, fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan belgilarga javob beradigan oilaviy munosabatlarga, mehnat munosabatlariga hamda tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha munosabatlarga, shuningdek banklarni sanatsiya qilish va tugatish bilan bog'liq munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonunchiligi bu munosabatlar maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga solinmaydigan hollarda qo'llaniladi. Bir tarafning ikkinchi tarafga ma'muriy bo'ysunishiga asoslangan mulkiy munosabatlarga, shu jumladan soliq, moliyaviy va boshqa ma'muriy munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonunchiligi qo'llanilmaydi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.