Agar merosxo'rlar orasida turgan joyi noma'lum shaxslar bo'lsa, qolgan merosxo'rlar, vasiyatnomani ijro etuvchi (meros boshqaruvchisi) va notarius ularning turgan joyini aniqlash hamda ularni vorislikka chaqirish yuzasidan zarur choralarni ko'rishlari shart.
Agar turgan joyi aniqlanib, meros olishga chaqirilgan-u, lekin hozir bo'lmagan merosxo'r merosdan voz kechmagan bo'lsa, qolgan merosxo'rlar merosni taqsimlash niyatlari to'g'risida uni xabardor qilishlari shart. Agar hozir bo'lmagan merosxo'r xabar qilingan paytdan e'tiboran uch oy ichida qolgan merosxo'rlarni merosni taqsimlash haqidagi kelishuvda ishtirok etish istagi to'g'risida xabardor qilmasa, qolgan merosxo'rlar hozir bo'lmagan merosxo'rga tegishli bo'lgan ulushni ajratib, o'zaro kelishuvga ko'ra meros taqsimotini amalga oshirishga haqlidirlar.
Agar hozir bo'lmagan merosxo'rning turgan joyi meros ochilgan kundan e'tiboran bir yil mobaynida aniqlanmasa va uning merosdan voz kechishi to'g'risida ma'lumotlar bo'lmasa, qolgan merosxo'rlar meros taqsimotini ushbu moddaning ikkinchi qismi qoidalari bo'yicha amalga oshirishga haqlidirlar.
Homila bo'lgan, biroq hali tug'ilmagan merosxo'r bo'lsa, merosni taqsimlash bunday merosxo'r tug'ilganidan keyingina amalga oshirilishi mumkin.
Agar homila holida bo'lgan, biroq hali tug'ilmagan merosxo'r tirik tug'ilsa, qolgan merosxo'rlar unga tegishli bo'lgan meros ulushini ajratgan holdagina merosni taqsimlashni amalga oshirishga haqlidirlar. Meros taqsimotida chaqaloqning manfaatlarini himoya qilish uchun vasiylik va homiylik organining vakili taklif etilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1151-modda. Hozir bo'lmagan merosxo'rlarning huquqlari
(1151-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2010 йил 14 сентябрдаги ЎРҚ-255-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2010 й., 37-сон, 313-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.