Fuqarolik kodeksi

1150-modda. Merosning taqsimlanishi

Merosni qabul qilib olgan qonun bo'yicha merosxo'rlardan istalgan biri merosning taqsimlanishini talab qilishga haqli. Merosni taqsimlash merosxo'rlarning kelishuviga ko'ra o'zlariga tegishli ulushlarga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sud tartibida amalga oshiriladi. Ushbu moddaning qoidalari barcha meros yoki uning bir qismi merosxo'rlarga ulushlarda muayyan mol-mulk ko'rsatilmasdan vasiyat qilingan hollarda merosni vasiyatnoma bo'yicha merosxo'rlar o'rtasida taqsimlashga nisbatan qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.