Taqdim qilish huquqi bo'yicha vorislik qonun bo'yicha merosxo'r meros ochilgunga qadar vafot etgan taqdirda, unga tegishli ulush uning avlodlariga o'tishini nazarda tutadi, bunda ulush taqdim qilinayotgan qonun bo'yicha merosxo'r bilan bir xil darajada qarindosh bo'lgan avlodlar o'rtasida teng taqsimlanadi.
Bola, nevara, chevara, evara merosxo'rligida taqdim qilish huquqi qarindoshlik darajasi cheklanmagan holda amal qiladi, yon qarindoshlik bo'yicha merosxo'rlikda taqdim qilish huquqiga meros qoldiruvchining tug'ishgan aka-ukalari (opa-singillari) nomidan uning jiyanlari yoxud meros qoldiruvchining tug'ishgan amakisi (tog'asi) yoki ammasi (xolasi) nomidan uning amakivachchalari (tog'avachchalari) va ammavachchalari (xolavachchalari) ega bo'ladilar.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1140-modda. Taqdim qilish huquqi bo'yicha vorislik
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.