O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi elektron tijorat sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Vakolatli davlat organi:
elektron tijorat sohasini tartibga solishni amalga oshiradi va mazkur sohadagi davlat siyosatini ro'yobga chiqaradi;
elektron tijorat sohasidagi davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
boshqa manfaatdor davlat organlari va o'zga tashkilotlar bilan birgalikda elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni o'z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
elektron tijoratni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi;
elektron tijorat sub'yektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko'radi;
elektron tijorat to'g'risidagi qonunchilikni takomillashtirishda va uning ijrosini ta'minlashda ishtirok etadi;
elektron tijorat sohasidagi tadqiqotlarni va mazkur sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishi monitoringini tashkil etadi;
elektron tijorat sohasiga axborot tizimlarini va axborot resurslarini joriy etishga ko'maklashadi;
elektron tijorat sub'yektlariga xizmat qiladigan logistika infratuzilmasini rivojlantirishga ko'maklashadi;
elektron tijorat sohasiga elektron to'lovlarning samarali usullari va tizimlarini joriy etishda manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ishtirok etadi;
aholi va tadbirkorlik sub'yektlari o'rtasida elektron tijoratni targ'ib qilishni hamda ommalashtirishni tashkil etadi.
Vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Elektron tijorat to'g'risida»gi qonun
7-modda. O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining elektron tijorat sohasidagi vakolatlari
(7-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1057-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.04.2025 й., 03/25/1057/0351-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.