«Elektron tijorat to'g'risida»gi qonun

6-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining elektron tijorat sohasidagi vakolatlari

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: elektron tijorat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlaydi; elektron tijorat sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va amalga oshiradi; davlat organlarining elektron tijorat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; elektron tijorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni o'z vakolatlari doirasida qabul qiladi; elektron tijoratda amalga oshirish chog'ida muomaladan olib qo'yilgan yoki muomalasi cheklangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro'yxatini tasdiqlaydi; elektron tijorat sohasidagi xalqaro hamkorlikni ta'minlaydi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.