Elektron tijoratdagi elektron hujjatlar, shuningdek elektron shaklda qayd etilgan, o'z yuboruvchisini identifikatsiya qilish imkonini beradigan axborot (bundan buyon matnda elektron xabarlar deb yuritiladi) qog'ozda rasmiylashtirilgan va o'z qo'li bilan imzolangan hujjatlarga tenglashtiriladi hamda ulardan shartnoma tuzilganligining dalili sifatida foydalanilishi mumkin.
Shartnoma faqat axborot tizimlaridan foydalanilgan holda tuzilganligiga asoslanib, haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas.
Elektron tijorat ishtirokchisining ofertani qabul qilganligi to'g'risidagi javobi (aktsept) elektron hujjat yoki elektron xabar tarzida yoxud ofertadagi shartlarni bajarish bo'yicha harakatlarni bajarish yo'li bilan amalga oshirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Elektron tijorat to'g'risida»gi qonun
15-modda. Elektron tijoratdagi elektron hujjatlarning va elektron xabarlarning yuridik kuchi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.