«Elektron tijorat to'g'risida»gi qonun

14-modda. Shartnomalar tuzishga doir umumiy talablar

Elektron tijoratda tuziladigan shartnomalar O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, ushbu Qonun va O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjati talablariga muvofiq bo'lishi kerak. Elektron tijoratda shartnoma taraflar o'rtasida shartnomaning shartlarini elektron hujjatlar va (yoki) xabarlarni tasdiqlash yo'li bilan kelishish orqali elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi. Elektron tijoratda hujjatlarni shakllantirish taraflarning kelishuviga ko'ra amalga oshiriladi. Shartnoma qonunchilikda belgilangan, shartnomani tuzish va bajarish bilan bog'liq bo'lgan hujjatlarning mazmuniga va shakliga oid talablarga mos bo'lishi kerak. Elektron tijorat operatorlariga yoki sotuvchilariga shartnoma taraflarini identifikatsiya qilish imkonini beradigan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish chog'ida axborot tizimlari orqali shakllantirilgan elektron tarzdagi cheklar, kvitantsiyalar, xabarlar va boshqa hujjatlar tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olinganligini tasdiqlaydigan qog'ozdagi shunga o'xshash hujjatlarga tenglashtiriladi. Shartnomalarni tuzish chog'ida qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida hujjatni o'z qo'li bilan imzolash talab qilingan hollarda elektron hujjat, agar shartnoma tarafi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash tartib-taomili bajarilsa, imzolangan deb hisoblanadi. Elektron tijoratdagi hujjatda hujjatni imzolagan shaxsning roziligini ifodalaydigan hamda uni identifikatsiya va autentifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullari («SMS», «Face-ID» va boshqalar) ham imzo sifatida tan olinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.