Budget Code

27-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining byudjet sohasidagi vakolatlari

(27-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari: Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini, tumanlar va shaharlar byudjetlarini va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari mablag'larini tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq ko'rib chiqadi va qabul qiladi; Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlarining ijrosi hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari ijrosi to'g'risidagi har choraklik va yillik hisobotlarni tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar hamda shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq ko'rib chiqadi va tasdiqlaydi; Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent shahrining shahar byudjeti hamda tumanlar va shaharlar byudjetlari daromadlarining prognozlarini ma'lumot uchun qabul qiladi; Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlariga, tumanlar va shaharlar byudjetlariga o'zgartirishlar kiritish to'g'risida qarorlar qabul qiladi; tegishli byudjetlardan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablag'larini taqsimlovchilarning byudjet mablag'laridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar to'g'risidagi hisobotlarini eshitadi; mahalliy byudjetlarga biriktirilgan soliqlar hamda yig'imlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlar doirasida belgilaydi; Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan hamda Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini ko'rib chiqadi hamda tasdiqlaydi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari qonunchilikka muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.