O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi:
O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risidagi qonun loyihasi va o'rta muddatli davr uchun fiskal strategiya bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining loyihalari bo'yicha tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga xulosa taqdim etadi;
vazirliklarning, idoralarning hamda banklarning byudjet tizimi byudjetlari daromadlari va xarajatlari moddalarining maqsadli ijrosini boshlang'ich ma'lumotlar bo'yicha nazorat qilish imkonini beruvchi axborot tizimlari va resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi;
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablag'larning qonuniy shakllantirilganligi, maqsadli hamda samarali sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi, shuningdek belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg'armalar mablag'larining shakllantirilishi hamda ulardan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari daromad qismining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
byudjet tizimi byudjetlari mablag'laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
O'zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining ijrosi to'g'risidagi yillik hisobot hamda birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilar uchun belgilangan byudjet mablag'laridan foydalanish bilan bog'liq maqsadli indikatorlarning bajarilishi bo'yicha tashqi auditni va baholashni amalga oshiradi hamda ular yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi;
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg'armalarining ijrosi to'g'risida taqdim etilgan choraklik hisobotni Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimidan hamda boshqa elektron manbalardan olingan statistik, moliyaviy va boshqa ma'lumotlar asosida tahlil qilish hamda baholash usuli orqali amalga oshiriladigan o'rganishlar asosida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tezkor xulosa taqdim etadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotni tashqi auditdan o'tkazishni va baholashni amalga oshiradi hamda ular yuzasidan tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga xulosa taqdim etadi;
O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risidagi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi;
byudjet jarayonining ochiqligini ta'minlash tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
o'z vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi qonunchilikka muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn26-modda. O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasining byudjet sohasidagi vakolatlari
(26-модда биринчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.