Moliya yili mobaynida byudjet tizimi byudjetlariga o'zgartirishlar kiritish:
byudjet tizimi byudjetlari daromadlari va (yoki) xarajatlarini kamaytirishni yoki ko'paytirishni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlari o'zgargan;
bir byudjet tashkiloti va byudjet mablag'lari oluvchi uchun byudjetdan ajratiladigan mablag'lar kamaytirilib, mos ravishda boshqa byudjet tashkiloti va byudjet mablag'lari oluvchi uchun byudjetdan ajratiladigan mablag'lar ko'paytirilgan;
byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilarda byudjetdan ajratiladigan mablag'lar xarajatlarning bir moddasidan boshqa moddasiga o'tkazish zaruriyati yuzaga kelgan;
Davlat byudjeti mablag'larining moliya yili boshidagi erkin qoldiqlari ushbu Kodeksning 126-moddasida nazarda tutilgan tartibda xarajatlarni moliyalashtirishga yo'naltirilgan;
byudjet tasnifiga o'zgartirishlar kiritilgan;
ushbu Kodeks 120-moddasining to'rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadlari prognozining oshirib bajarilishi hisobidan tushgan mablag'lar bo'yicha xarajatlar O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga o'zgartirishlar kiritilmasdan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent shahrining shahar byudjeti, tumanlar va shaharlar byudjetlari daromadlari prognozining oshirib bajarilishi, elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarni realizatsiya qilishdan ushbu byudjetlarga tushgan mablag'lar hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan mablag'lar hisobidan xarajatlar tegishli byudjetlarga o'zgartirishlar kiritilmasdan amalga oshiriladi.
Byudjet tizimi byudjetlarini ijro etishda byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlariga kiritilgan o'zgartirishlar O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida hisobga olinadi.
Moliya yili mobaynida Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari xarajatlariga ularning tasdiqlangan parametrlari doirasida birinchi va ikkinchi guruh xarajatlari, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar sotib olish xarajatlari bo'yicha byudjetdan ajratiladigan mablag'larni ko'paytirish yoki kamaytirishni nazarda tutuvchi o'zgartirishlar faqat O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgandan keyin amalga oshiriladi.
Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlariga tasdiqlangan byudjetlar doirasida uning ijrosi jarayonida qonunchilik hujjatlari asosida o'zgartirishlar kiritish tegishincha O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi hamda O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida hisobga olib boriladi.
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari mablag'lari hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlarni ularning tasdiqlangan hajmlariga nisbatan ko'paytirish, ularning o'rnini qoplash manbalari mavjud bo'lgan taqdirda, Davlat byudjeti to'g'risidagi Qonunga o'zgartirishlar kiritilmasdan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn143-modda. Byudjet tizimi byudjetlariga o'zgartirishlar kiritish tartibi
(143-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.