Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari va xarajatlari yuqori turuvchi byudjetdan ajratiladigan byudjetlararo transfertlarni hisobga olgan holda balanslashtirilgan bo'lishi lozim. Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari taqchilligiga yo'l qo'yilmaydi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini qabul qilish va ijro etishda:
mablag'lar jalb qilishni amalga oshirishga, yuqori turuvchi byudjetlardan byudjet ssudalari olish bundan mustasno;
tasdiqlangan byudjetdan ajratilgan mablag'lardan ortiq xarajatlarni amalga oshirishga, ushbu Kodeksning 143-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
tegishli byudjetlar mablag'lari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlarining mol-mulki hisobidan boshqa yuridik va jismoniy shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga;
Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining, Toshkent shahri shahar byudjetining, shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlarining mablag'lari hisobidan moliyalashtirish manbasi aniq bo'lmasdan boshlangan tadbirlarni moliyalashtirishga va (yoki) parallel loyihalashtirish, tender savdolarini o'tkazmasdan amalga oshirilgan qurish va ta'mirlash ishlarini moliyalashtirishga;
yuridik va jismoniy shaxslarga byudjet ssudalari va kredit liniyalari berishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn142-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga qo'llaniladigan cheklovlar
(142-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.