«Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida»gi qonun

23-modda. Bolaning bilim olish huquqi kafolatlari

(23-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 5 февралдаги ЎРҚ-1117-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2026 й., 03/26/1117/0116-сон)

Har bir bola bilim olish huquqiga ega. Davlat bolaning bepul majburiy umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus ta'lim va boshlang'ich professional ta'lim olishini kafolatlaydi. Ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar o'z bolasini shaxsiy e'tiqodlariga muvofiq diniy va axloqiy jihatdan tarbiyalash huquqiga ega. Ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan o'z bolasini qonunga xilof ravishda diniy ta'lim olishga jalb etishga, ya'ni bolani ro'yxatdan o'tkazilmagan yoki litsenziyaga ega bo'lmagan tashkilotlarga yoxud maxsus diniy ma'lumotga ega bo'lmagan va diniy tashkilotlarning O'zbekiston Respublikasi bo'yicha markaziy boshqaruv organining ruxsatisiz diniy ta'limni amalga oshirayotgan shaxslarga diniy ta'lim olish uchun topshirishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.