Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga o'tkazishga, unga nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga berishga quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda yo'l qo'yiladi:
tovarni yoki unga nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga o'tkazuvchi vakolatli shaxs bojxona organini oldindan yozma shaklda xabardor etadi;
tovarga bo'lgan huquqni oluvchi vakolatli shaxs ushbu tovarga nisbatan tanlangan bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etgan holda bojxona deklaratsiyasini bojxona organiga taqdim etadi.
Vakolatli shaxsning tovarga nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish huquqi bojxona deklaratsiyasi bojxona organiga berilgan paytdan e'tiboran boshqa shaxsga o'tkazilgan deb hisoblanadi. Bojxona deklaratsiyasi berilgan paytda mazkur shaxsda bojxona rejimiga rioya etilishini ta'minlash bilan bog'liq bo'lgan majburiyatlar yuzaga keladi.
Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarning ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq boshqa shaxsga o'tkazilganligi bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni saqlash muddatini to'xtatib turmaydi va uzaytirmaydi.
lex.uz’dagi asl matn96-modda. Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga o'tkazish
(96-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.