Vakolatli shaxslar bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan bojxona organini xabardor qilgan holda quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:
tovarning o'zgarmas holatda but saqlanishini ta'minlash uchun zarur operatsiyalarni bajarish;
tovarni tekshirish, ko'zdan kechirish va o'lchash;
bojxona ombori ichida tovarning joyini o'zgartirish, basharti mazkur o'zgartirish tovarning holati o'zgarishiga, uning o'rov-idishi buzilishiga va (yoki) qo'yilgan bojxona identifikatsiyalash vositalarining o'zgarishiga olib kelmasa;
ushbu Kodeksning 211-moddasiga muvofiq tadqiq etish va identifikatsiyalash uchun tovarning namunalari va nusxalarini olish;
tovarni sotishga va tashishga tayyorlash uchun zarur operatsiyalarni bajarish, shu jumladan turkumlarga bo'lish, jo'natmalarni shakllantirish, saralash, o'rash-joylash, qayta o'rash-joylash, tamg'alash (aktsiz markalari bundan mustasno), boshqa shu kabi operatsiyalarni, shu jumladan oddiy yig'ish operatsiyalarini bajarish;
tovarning sifatini yaxshilash uchun zarur boshqa operatsiyalarni bajarish, bundan tovarni aralashtirish, qayta ishlash yoki unga ishlov berish mustasno.
Agar ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan operatsiyalar va harakatlarning bajarilishi tovarning yo'qotilishiga yoki xossalarining o'zgarishiga olib kelsa, ushbu operatsiyalar va harakatlarni amalga oshirishga yo'l qo'yilmaydi.
Tovarning namunalari va nusxalariga nisbatan ular erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilganida bo'lgani kabi bojxona to'lovlari to'lanishi yoki bunday to'lovlarni to'lash ta'minlanishi zarur, bundan tovarni keyinchalik boshqa bojxona rejimiga joylashtirishda namunalar va nusxalarning bojxona yuk deklaratsiyasiga kiritilish hollari mustasno.
Bojxona ombori bojxona rejimida turgan tovarni ushbu Kodeks 94-moddasining birinchi qismida ko'rsatilgan muddatlar tugaguniga qadar bojxona nazorati ostida bir bojxona omboridan boshqasiga olib o'tishga yo'l qo'yiladi. Bunda tovarning bojxona ombori bojxona rejimida turishi muddatining o'tishi uzilib qolmaydi va to'xtatib turilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn95-modda. Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar va harakatlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.