Customs Code

87-modda. Vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar va harakatlar

Bojxona omborining egalari yoki vakolatli shaxslar vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan quyidagi operatsiyalar va harakatlarni bojxona organini xabardor qilgan holda amalga oshirishi mumkin: tovarni ko'zdan kechirish va o'lchash; ushbu Kodeksning 211-moddasiga muvofiq tovarni tadqiq etish va identifikatsiyalash uchun uning namunalari va nusxalarini olish; tovarning o'zgarmas holatda but saqlanishi uchun zarur operatsiyalarni amalga oshirish, shu jumladan buzilgan o'rov-idishlarni to'g'rilash; vaqtincha saqlash joyi doirasida tovarning o'rnini o'zgartirish. Agar ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan operatsiyalar va harakatlarning amalga oshirilishi tovarning yo'qotilishiga yoki uning xossalari o'zgarishiga olib kelsa, mazkur operatsiyalar va harakatlarni amalga oshirishga yo'l qo'yilmaydi. Tovarning namunalari va nusxalariga nisbatan ular erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilganidagi kabi bojxona to'lovlari to'lanishi yoki ularning to'lanishi ta'minlanishi zarur, bundan quyidagi hollar mustasno, agar vakolatli shaxsning yozma majburiyatiga muvofiq: tovar keyinchalik boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan taqdirda namunalar va nusxalar bojxona yuk deklaratsiyasiga kiritilsa; namunalar va nusxalar tovar saqlanadigan muddat ichida bojxona omboriga qaytarilsa, lekin bu muddat o'ttiz kalendar kundan oshmasligi lozim. Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan tovarning bir bojxona omboridan boshqasiga bojxona nazorati ostida olib o'tilishiga ushbu Kodeks 85-moddasining birinchi qismida ko'rsatilgan muddat tugaguniga qadar yo'l qo'yiladi. Bunda tovarning vaqtincha saqlash bojxona rejimida turishi muddatining o'tishi uzilmaydi va to'xtatib qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.