Tovarni vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant tomonidan bojxona organiga ushbu Kodeksning 267-moddasiga muvofiq tuzilgan qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim qilinadi.
Qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi tovar bojxona organiga taqdim etilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan tashuvchi yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan beriladi. Agar tovar shu muddat ichida boshqa bojxona rejimiga joylashtirilsa, qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi berilmaydi.
Tovarni vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirishda bojxona organi ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn86-modda. Tovarni vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur bo'ladigan hujjat
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.