Tovarni bojxona hududida qayta ishlashga quyidagi talablarga va shartlarga rioya etilgan holda yo'l qo'yiladi:
olib kirilgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash;
qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini belgilash;
tovarlarning bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qo'llashga doir taqiqlar va cheklovlar ostiga tushib qolishini istisno etish;
olib kirilgan tovar uchun ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalarining ushbu Kodeksning 71-moddasi talablariga muvofiq bo'lishi.
Qayta ishlash jarayoni texnik-iqtisodiy asoslarining ko'rsatkichlari yoki identifikatsiyalash usuli yoxud qayta ishlash mahsulotlarning chiqish normasi o'zgargan taqdirda, tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasini berish to'g'risida yangi ariza berilishi kerak. Bunda yuridik shaxs o'zgartirilganligi, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) o'zgarganligi, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko'rsatadigan joyi o'zgarganligi sababli kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari o'zgargan taqdirda, yangi ariza berish talab etilmaydi.
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish O'zbekiston Respublikasining har qanday manfaatdor shaxsi tomonidan, shu jumladan tovarning egasi bo'lmagan yoki bevosita tovarni qayta ishlash operatsiyalarini bajarmaydigan shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn72-modda. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash talablari va shartlari
(72-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 1 февралдаги ЎРҚ-748-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.02.2022 й., 03/22/748/0086-сон — 2022 йил 3 майдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.