Tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalari quyidagilardan iborat:
olib kirilgan tovarni uning dastlabki xossalari va individual ko'rsatkichlarini o'zgartirib, lekin qayta ishlash mahsulotida uni identifikatsiyalash imkonini beruvchi tovar xususiyatlarini saqlagan holda bevosita qayta ishlash yoki unga ishlov berish, bundan ushbu Kodeks 74-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno;
olib kirilgan tovardan foydalangan holda boshqa tovar tayyorlash, shu jumladan montaj qilish, yig'ish yoki qismlarga ajratish;
tovarni ta'mirlash, shu jumladan uni tiklash va tarkibiy qismlarini almashtirish;
qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarishga ko'maklashuvchi yoki ularning ishlab chiqarilishini yengillashtiruvchi boshqa tovarlardan, agar bu tovarlar qayta ishlash jarayonida to'liq yoki qisman ishlatilsa, xom ashyo sifatida foydalanish. Mazkur operatsiya ushbu qismda ko'rsatilgan boshqa operatsiyalardan biri bilan bir vaqtda bajarilishi kerak.
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalari jumlasiga quyidagilar kirmaydi:
tovarning but saqlanishini ta'minlash, uni sotishga va tashishga tayyorlash operatsiyalari;
har qanday turdagi hayvonlarning naslini olish, ularni parvarishlash va klonlashtirish, bo'rdoqiga boqish va tutish (ushlash, ovlash), shuningdek ularning mahsullarini olish va to'plash;
har qanday o'simlik turlarini yetishtirish va yig'ish;
foydali qazilmalarni qazib olish;
axborotdan, audio- va video yozuvlardan istalgan turdagi axborot tashuvchi jismlarga nusxa ko'chirish va ularni ko'paytirib olish;
texnologik jarayonda yordamchi vosita sifatida chet el tovarlaridan (uskunalar, dastgohlar, moslamalar va boshqalar) foydalanish.
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalari tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash uchun ruxsatnoma olgan shaxs tomonidan, shuningdek uning topshirig'iga binoan boshqa shaxs tomonidan, agar ruxsatnomani olgan shaxs ko'rsatilgan operatsiyalarni amalga oshirishning butun muddati davomida ruxsatnomada nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya etilishi uchun bojxona organlari oldida javobgar bo'lib qolaversa, amalga oshirilishi mumkin. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalarining boshqa shaxs tomonidan amalga oshirilishi tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasida aks ettirilgan bo'lishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn71-modda. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.