«Davlat boji to'g'risida»gi qonun

8-modda. Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarda davlat bojini to'lashdan ozod qilish

(8-модда биринчи қисми 45-бандининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 1 июлдаги ЎРҚ-1156-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.07.2026 й., 03/26/1156/0670-сон)

Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarda davlat bojini to'lashdan quyidagilar ozod qilinadi: 1) da'vogarlar — ish haqini undirish to'g'risidagi da'volar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan; 2) da'vogarlar — alimentlar undirish to'g'risidagi da'volar yuzasidan; 3) da'vogarlar — mehnatda mayib bo'lganligi yoki sog'lig'ining boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning o'rnini qoplash to'g'risidagi da'volar yuzasidan; 4) da'vogarlar — qonunga xilof ravishda hukm etganlik, jinoiy javobgarlikka tortganlik, ma'muriy jazo berganlik tufayli jismoniy shaxsga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash bilan bog'liq nizolar yuzasidan; 5) da'vogarlar — jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararning o'rnini qoplash to'g'risidagi da'volar yuzasidan; 5¹) da'vogarlar — tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga yetkazilgan ma'naviy va moddiy zararning o'rnini qoplash to'g'risidagi da'volar yuzasidan; 5²) pedagog xodimlar — kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o'z sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'sini himoya qilish bilan bog'liq ishlar yuzasidan; 5³) da'vogarlar — zo'ravonlikdan jabrlangan bolaga (bolalarga) yetkazilgan moddiy zararning o'rnini qoplash va ma'naviy ziyonni kompensatsiya qilish to'g'risidagi da'volar yuzasidan; 6) yuridik va jismoniy shaxslar — alimentlarni undirishga doir fuqarolik ishlari bilan bog'liq hujjatlarni ularga berganlik uchun; 7) qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslarning qonun bilan muhofaza qilinadigan huquqlari hamda manfaatlari himoya qilinishini so'rab sudga ariza bilan murojaat etgan yuridik va jismoniy shaxslar; 10) iste'molchilar — o'z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bog'liq da'volar yuzasidan; 11) tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xavfsiz bo'lishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari va iste'molchilarning jamoat birlashmalari — iste'molchilarning (iste'molchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini ko'zlab beriladigan da'volar yuzasidan; 12) da'vogarlar — o'rmon daraxtlarini o'zboshimchalik bilan kesish hamda o'rmondan foydalanish, o'rmonni qo'riqlash va muhofaza qilishning tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzish tufayli o'rmon fondiga yetkazilgan zararni undirish to'g'risidagi ishlar yuzasidan; 13) davlat organlari — o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzish to'g'risidagi da'volar yuzasidan, shuningdek jismoniy shaxslarga tegishli bo'lgan, tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki o'zga madaniy qimmatga ega bo'lgan mol-mulkni jismoniy shaxslar bu mol-mulkka xo'jasizlarcha munosabatda bo'lgan hollarda jismoniy shaxslardan davlat mulkiga olib qo'yish to'g'risidagi ishlar yuzasidan; 13¹) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasi va uning hududiy inspektsiyalari — ko'p kvartirali uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish sohasida o'z zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlarga ko'rib chiqish uchun kiritiladigan da'volar yuzasidan; 13²) ko'p kvartirali uylarni boshqarish organlari — ko'rsatilgan xizmatlar uchun majburiy badallar yoki to'lovlar bo'yicha qarzdorlikni undirish to'g'risidagi da'volar, arizalar va shikoyatlar bilan sudga murojaat qilganda; 14) O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari — palata a'zolarining manfaatlarini ko'zlab qilingan da'volar bo'yicha; 16) Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha respublika kengashi hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha hududiy kengashlar — fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari manfaatlarini ko'zlab qilingan da'volar bo'yicha; 17) nogironligi bo'lgan shaxslarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, o'quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha da'volar yuzasidan; 18) O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasining hududiy bo'linmalari — pensionerlardan ortiqcha (noqonuniy) to'langan pensiyalarning summalarini undirish bilan bog'lik da'volar yuzasidan; 19) O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda uning joylardagi organlari — ko'chish joyiga bormagan yoki ko'chib borgan joylarini o'zboshimchalik bilan tark etgan ko'chirib keltiriluvchilarga nisbatan ko'chish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlarning o'rnini qoplash to'g'risida taqdim etilgan da'volar yuzasidan; 20) O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi va uning joylardagi organlari — atrof-muhitni ifloslantirganlik, tabiatdan o'zboshimchalik bilan foydalanganlik va tabiiy resurslardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzganlik tufayli tabiiy ob'yektlarga va komplekslarga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash haqidagi, shuningdek qattiq maishiy chiqindilarni to'plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to'lovlar bo'yicha qarzdorlikni undirish to'g'risidagi da'volar yuzasidan; 21) O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi va uning joylardagi organlari — suv to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik tufayli davlatga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash uchun mablag'larni davlat daromadiga undirish to'g'risidagi da'volar yuzasidan; 22) sug'urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish organi — majburiy sug'urta operatsiyalari bilan bog'liq ishlar yuzasidan; 22¹) sug'urta qildiruvchilar (sug'urtalangan shaxslar, naf oluvchilar, jabrlanuvchilar) — majburiy sug'urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da'volar yuzasidan; 23) davlat soliq xizmati organlari, moliya va bojxona organlari — barcha ishlar hamda hujjatlar yuzasidan, shuningdek alohida yuritiladigan ishlar bo'yicha sudga arizalar berganlik uchun; 24) ichki ishlar organlari — alimentlar va boshqa to'lovlarni to'lashdan bo'yin tovlayotgan shaxslarni qidirish uchun qilingan xarajatlarni undirish to'g'risidagi ishlar yuzasidan; 25) prokuratura organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko'zlab qilingan da'volar hamda beriladigan arizalar yuzasidan; 26) adliya organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko'zlab qilingan da'volar hamda beriladigan arizalar yuzasidan; 27) undiruvchi yoki davlat ijrochisi — qonunda nazarda tutilgan taqdirda, qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish bo'yicha xarajatlarning o'rnini qarzdor tomonidan qoplash to'g'risidagi ishlar yuzasidan; 28) O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari — fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini ko'zlab qilingan da'volar yuzasidan; 29) O'zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi hamda uning hududiy organlari — o'z zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlarga ko'rib chiqish uchun beriladigan da'volar va shikoyatlar yuzasidan; 30) O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy organlari, O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki ob'yektlaridan samarali foydalanish markazi hamda uning hududiy organlari — o'z zimmasiga yuklatilgan vakolatlariga muvofiq sudlarga ko'rib chiqish uchun kiritiladigan da'volar va arizalar yuzasidan; 31) O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi — o'z zimmasiga yuklatilgan vakolatlariga muvofiq sudlar ko'rib chiqishi uchun kiritiladigan da'volar yuzasidan; 33) yakka tartibdagi quruvchi bilan shartnomaga ko'ra qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibda uy-joy qurilishi chog'ida zimmasiga buyurtmachi vazifasini bajarish qonunchilikka muvofiq yuklatilgan yuridik shaxs — qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibda uy-joy qurish masalalari yuzasidan yakka tartibdagi uy-joy quruvchilar bilan nizolarni hal qilish to'g'risidagi da'volar bo'yicha; 34) qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun imtiyozli kreditlar berish qonunchilikka muvofiq qaysi tijorat banklarining zimmasiga yuklatilgan bo'lsa, o'sha tijorat banklari — qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun berilgan imtiyozli ipoteka kreditlari yuzasidan qarz oluvchilarning kreditorlik qarzlarini undirish to'g'risidagi da'volar bo'yicha; 35) chet el investitsiyalari ishtirokidagi aktsiyadorlik jamiyatlari — ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to'g'risidagi da'volar yuzasidan; 36) tadbirkorlik sub'yektlari — hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risida ariza berganda; 37) O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, uning joylardagi organlari — yer to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilganligi bilan bog'liq da'volar bo'yicha; 37¹) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari — yer to'g'risidagi qonunchilik buzilganligi bilan bog'liq da'volar bo'yicha; 38) O'zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi va uning hududiy boshqarmalari — moddiy madaniy meros ob'yektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni ko'zlab qilingan da'volar hamda berilgan arizalar yuzasidan; 39) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi hamda uning joylardagi organlari — qishloq xo'jaligi sohasidagi qonunchilikni buzganlik bo'yicha davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko'zlab qilingan da'volar hamda beriladigan arizalar yuzasidan; 40) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil — tadbirkorlik sub'yektlari manfaatlarini ko'zlab berilgan da'volar, arizalar va shikoyatlar yuzasidan; 41) O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi, uning joylardagi organlari — yer to'g'risidagi qonunchilik buzilganligi bilan bog'liq da'volar bo'yicha; 42) O'zbekiston Respublikasining Hisob palatasi — O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida berilgan da'volar, arizalar va shikoyatlar yuzasidan; 43) O'zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi hamda uning hududiy bo'linmalari — xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida beriladigan arizalar, shikoyatlar va da'volar yuzasidan; 44) «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» aktsiyadorlik jamiyati — o'z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir da'volar, arizalar hamda shikoyatlar yuzasidan; 45) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda uning hududiy bo'linmalari, shuningdek Agentlik tizimidagi tashkilotlar: tazyiq va zo'ravonlikka uchragan xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida beriladigan arizalar, shikoyatlar va da'volar yuzasidan; bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida, ota-onalarning muomala layoqati cheklangan deb topish to'g'risidagi, ularni ota-onalik huquqlaridan mahrum etish, bolalarni ota-onalaridan ularni ota-onalik huquqlaridan mahrum etmasdan olib qo'yish haqidagi, shuningdek, agar ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan ota-onalarning o'z bolalari bilan birgalikda yashashi mumkin emas deb belgilansa, ularni boshqa turar joy bermasdan ko'chirib yuborish to'g'risidagi da'volar, arizalar va shikoyatlar yuzasidan; og'ir ahvolga tushib qolgan va og'ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo'lgan shaxslar hamda oilalar manfaatlarini ko'zlab berilgan da'volar, arizalar va shikoyatlar yuzasidan; 46) O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) — fuqarolar manfaatlarini ko'zlab beriladigan arizalar va da'volar bilan sudga murojaat qilganda; 47) issiqlik va elektr energiyasini yetkazib beruvchilar — tegishincha issiqlik va elektr energiyasini yetkazib berish yuzasidan xizmatlar uchun to'lovlar bo'yicha qarzlarni undirish to'g'risidagi da'volar, arizalar va shikoyatlar bilan sudga murojaat qilganda. Ushbu modda birinchi qismining 10, 13², 14, 33 — 36, 37¹ va 47-bandlarida ko'rsatilgan shaxslarning talablarini qanoatlantirish to'liq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.