Vehicle state registration rules (Cabinet Resolution No. 683, 2017)

60-band. 7-bob. Avtomototransport vositalarini hisobdan chiqarish — 60-band

Yaroqsiz avtomototransport vositasini, shu jumladan, ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo'lgan transport vositalarini («antikvar» avtomototransport vositalari bundan mustasno) hisobdan chiqarish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi: avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakilining belgilangan namunadagi arizasi; avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjat; avtomototransport vositasini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnoma; avtomototransport vositasini yaroqsiz deb topish va uni hisobdan chiqarish to'g'risidagi buyruq (faqat yuridik shaxslar uchun); Yaroqsiz avtomototransport vositasi hisobdan chiqarilganda avtomototransport vositasini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnoma va ushbu avtomototransport vositasining RO'DRBi olib qo'yiladi, mazkur Nizomning 29 — 31-bandlarida nazarda tutilgan RO'DRBni saqlab qolish holatlari bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.