Vehicle state registration rules (Cabinet Resolution No. 683, 2017)

6-band. 1-bob. Umumiy qoidalar — 6-band

Avtomototransport vositasining egasi yoki uning vakili avtomototransport vositasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar paydo bo'ladigan, o'tadigan, cheklanadigan va tugatiladigan kundan yoki transport vositasining huquqiy holati o'zgarishidan boshlab o'n kalendar kun ichida mazkur Nizomning 14 va 15-bandlariga muvofiq tegishli YHXX va uning hududiy boshqarmalariga texnik ko'rikdan o'tkazish uchun avtomototransport vositasini (konlarda, shaxta va karyerlarda qo'llaniladigan maxsus transport vositalari bundan mustasno), uning texnik holatidan qat'i nazar va mazkur Nizomda nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat qilishi zarur. Agar YHXX va uning hududiy boshqarmalariga murojaat qilish muddatining oxirgi kuni dam olish, bayram (ish kuni bo'lmagan) kunlarga to'g'ri kelsa, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugagan kuni hisoblanadi. Avtomototransport vositasining nosozligi, egasi sog'lig'ining holati, haydovchilik guvohnomasining mavjud emasligi yoki boshqarish huquqidan mahrum bo'lganligi yoki avtomototransport vositasining boshqa hududda turganligi bilan bog'liq holatlarda texnik ko'rikdan o'tkazish ishlari avtomototransport vositasi turgan joydagi ro'yxatdan o'tkazish va imtihon olish bo'linmalari xodimlari tomonidan bevosita joyiga chiqqan holda eksterritoriallik tamoyili asosida amalga oshiriladi. Bunda avtomototransport vositasining nosozligi Yo'l harakati qoidalarida belgilangan transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlariga javob bermasligi bilan belgilanadi. Avtomototransport vositasi uni qayta ro'yxatdan o'tkazishga sabab bo'ladigan barcha holatlarda, YHXX va uning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilangan tartibda texnik ko'rikdan o'tkaziladi. Avtomototransport vositasi YHXX va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tip, marka, model va modifikatsiya, RO'DRB, identifikatsiyalovchi shassi (rama), kuzov va dvigatellar raqamlarining, shuningdek, avtomototransport vositasining to'liq vazni, yuksiz vazni, o'rindiqlar soni to'g'risidagi ma'lumotlarni ro'yxatdan o'tkazish hujjatlarida ko'rsatilgan ma'lumotlarga mos kelishi predmeti yuzasidan texnik ko'rikdan o'tkaziladi. Auktsion savdolari natijalari to'g'risidagi bayonnoma asosida davlat ro'yxatidan o'tkazilayotgan avtomototransport vositasining O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo'l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o'rinlarda — YaAAT) «Avtomototransport hisobi» moduli orqali ilgari ro'yxatdan o'tkazilganligi (yoki o'tkazilmaganligi) tekshiriladi. Bunda avtomototransport vositasi muqaddam DYHXX ro'yxatidan o'tkazilmagan bo'lsa (sud qarori asosida davlat foydasiga o'tkazilgan yoki harbiy tuzilmalarga tegishli harbiy transport vositalari bundan mustasno), mas'ul xodim tomonidan holatga aniqlik kiritiladi. Noqonuniy holatlar aniqlangan taqdirda, belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, tergov organlariga yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.