«Advokatura to'g'risida»gi qonun

5-modda. Advokatlik faoliyatining turlari

(5-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko'rsatish maqsadida advokat: huquqiy masalalar bo'yicha maslahatlar va tushuntirishlar, qonunchilik yuzasidan og'zaki va yozma ma'lumotnomalar beradi; huquqiy xususiyatdagi arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlarni tuzadi; fuqarolik, iqtisodiy va ma'muriy ishlari hamda ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlar bo'yicha sudda, boshqa davlat organlarida, jismoniy va yuridik shaxslar oldida vakillikni amalga oshiradi; jinoyat ishlari bo'yicha surishtiruv, dastlabki tergov bosqichida va sudda himoyachi, jabrlanuvchining vakili, fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etadi; tadbirkorlik faoliyatiga yuridik xizmat ko'rsatadi. hakamlik sudida va xalqaro tijorat arbitrajida (sudida) vakillikni amalga oshiradi. Advokat qonunchilikda man etilmagan boshqa turdagi yuridik yordam ham ko'rsatishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.