«Advokatura to'g'risida»gi qonun

4⁴-modda. Yuridik maslahatxona

(4¹—4⁴-моддалар Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 31 декабрдаги ЎРҚ-198-сонли Қонунига асосан киритилган — ЎР ҚҲТ, 2008 й., 52-сон, 514-модда)

Yuridik maslahatxona — advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etiladigan va yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan advokatlik tuzilmasi. Yuridik maslahatxona tegishli hududda yuridik yordamga bo'lgan ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun advokatlik tuzilmalarining soni yetarli bo'lmagan hollarda Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etiladi. Tegishli hududlardagi yuridik yordamga bo'lgan ehtiyoj O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Advokatlar palatasi tomonidan tasdiqlanadigan normativlarga muvofiq aniqlanadi. Yuridik maslahatxonaning moddiy-texnika ta'minoti tartibi va shartlari, yuridik maslahatxonalarga ishlash uchun yuborilgan advokatlar uchun xizmat xonalari va zarurat bo'lganda, turar joylar ajratish bilan bog'liq masalalar Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tuman, shahar hokimligi bilan birgalikda hal qilinadi. Yuridik maslahatxona Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga asosan ish olib boradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.