«Advokatura to'g'risida»gi qonun

4-modda. Advokatura faoliyatining printsiplari va tashkiliy shakllari

(4-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 2 февралдаги ЎРҚ-749-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 03.02.2022 й., 03/22/749/0101-сон)

Advokatura o'z faoliyatini qonun ustuvorligi, mustaqillik va boshqa demokratik printsiplar asosida amalga oshiradi. Belgilangan tartibda litsenziya olgan shaxs advokatlik faoliyatini o'z advokatlik byurosini ochib, yakka tartibda amalga oshirishga yoxud boshqa advokatlar (sheriklar) bilan advokatlik firmasini yoki a'zolikka asoslangan advokatlar hay'atini tuzishga yoxud faoliyat ko'rsatayotgan shunday advokatlik tuzilmalaridan biriga kirishga yoki yuridik maslahatxonada ishlagan holda advokatlik faoliyatini amalga oshirishga haqli. Advokat o'z faoliyatini faqat bitta advokatlik tuzilmasida amalga oshirishga haqli. Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay'atlarini ro'yxatdan o'tkazish, shuningdek yuridik maslahatxonalarni hisobga olish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Advokatlik tuzilmalarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, tuzilmasi, shtatlari, vazifalari, mablag'larni sarflash tartibi, rahbar organlarining vakolatlari, ularni saylash tartibi hamda advokatlik tuzilmalari faoliyatiga taalluqli boshqa masalalar ularning ustavlari (nizomlari), ta'sis shartnomalari bilan tartibga solinadi. Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay'atlari ular ro'yxatdan o'tkazilgan kundan e'tiboran yuridik shaxs maqomini oladi. Yuridik maslahatxona hisobga olingan kundan e'tiboran o'z faoliyatini amalga oshirishga haqli. Advokatlik firmasining yoki advokatlar hay'atining joylashgan yeri yashash uchun mo'ljallanmagan joyda bo'lishi kerak. Advokatlik byurolarini ta'sis etgan advokatlar o'z faoliyatini mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda o'zlariga tegishli bo'lgan turar joylarda amalga oshirishi mumkin, bunda advokatga mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan turar joylarni advokatlik byurosi faoliyatida foydalanish maqsadida yashash uchun mo'ljallanmagan joylar toifasiga o'tkazish talab qilinmaydi. Advokatlik tuzilmalari fuqarolar va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko'rsatganlik uchun ulardan tushadigan pul mablag'lari (daromadlar) hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag'lar hisobidan ta'minot oladi. Advokatlar advokatlarning jamoat birlashmalarini tuzishi mumkin. Advokatlik firmasi va advokatlar hay'ati O'zbekiston Respublikasi hududida hamda chet davlatlarda ushbu davlatlarning qonunchiligiga muvofiq o'zining alohida bo'linmalarini (vakolatxonalari va filiallarini) tashkil etishga haqli. Bunda advokatlik firmasi va advokatlar hay'ati alohida bo'linmani ochish to'g'risidagi qarori haqida adliya organini oldindan xabardor qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.