«Advokatura to'g'risida»gi qonun

17-modda. Advokatura va O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

(17-модда биринчи қисмининг олтинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 10 сентябрдаги ЎРҚ-566-сонли Қонунига асосан чиқарилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 11.09.2019 й., 03/19/566/3734-сон)

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o'z vakolatlari doirasida: advokatlik tuzilmalari va Advokatlar palatasining faoliyatiga ko'maklashadi; advokatura faoliyati to'g'risidagi statistik ma'lumotlarni o'rganadi; advokatlarning malakasini oshirishga doir tadbirlarni amalga oshirishga ko'maklashadi; advokatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek advokatlik tuzilmalari tomonidan ta'sis hujjatlariga, ustavda belgilangan faoliyatiga, qayta ro'yxatdan o'tish va tugatish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi; order shaklini tasdiqlaydi. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hammaning foydalanishi uchun ochiq bo'lgan Advokatlarning yig'ma davlat reyestrini yuritadi. Adliya organlari advokatlarning tegishli davlat reyestrlarini yuritadi. Advokatlarning yig'ma davlat reyestrini hamda advokatlarning davlat reyestrini yuritish tartibi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.