«Advokatura to'g'risida»gi qonun

16-modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish

(16-модда биринчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 февралдаги ЎРҚ-905-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2024 й., 03/24/905/0106-сон)

Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi: advokat litsenziyaning amal qilishini tugatish to'g'risidagi ariza bilan murojaat etganda, agar ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) buni talab qilsa, ilgari qabul qilingan topshiriqni bajarib bo'lganidan so'ng; agar litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi to'g'risida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e'tiboran uch oy ichida talabgor litsenziya berganlik uchun davlat boji to'lovini amalga oshirmagan bo'lsa; ushbu Qonun 3¹-moddasining yettinchi qismida va 13¹-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan talablar bajarilmaganda; advokatning muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda; sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda; advokat O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo'qotganda; advokat vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb e'lon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish ma'muriy sud tomonidan Oliy malaka komissiyasining xulosasi asosida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining murojaatiga ko'ra quyidagi hollarda amalga oshiriladi: advokat kasbiga doir vazifalarini olti oy mobaynida uzrsiz sabablarga ko'ra bajarmaganda; litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda; litsenziya berish to'g'risidagi qarorning g'ayriqonuniy ekanligi aniqlanganda; litsenziyasining amal qilishi to'xtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishi to'xtatib turilishiga olib kelgan holatlarni sud tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmaganda; advokat tomonidan advokatura to'g'risidagi qonunchilik talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qo'pol ravishda buzilganda, advokatning sha'ni va qadr-qimmatiga dog' tushiradigan hamda advokaturaning obro'sini tushiradigan qilmish sodir etilganda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham ma'muriy sud tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini tugatish litsenziyaning amal qilishini tugatish to'g'risida qaror qabul qilingan sanadan e'tiboran amalga oshiriladi. Adliya organining litsenziyaning amal qilishini tugatish to'g'risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokat maqomining tugatilishiga sabab bo'ladi. Adliya organi uch kunlik muddatda Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasini advokatning maqomi tugatilganligi haqida xabardor qiladi, shuningdek tegishli xabarni ommaviy axborot vositalarida e'lon qiladi. Advokat maqomining tugatilishi advokatning Advokatlar palatasiga a'zoligi tugatilishiga sabab bo'ladi. Ushbu modda ikkinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra litsenziyasining amal qilishi tugatilgan shaxs uch yil mobaynida talabgor bo'lishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.