«Advokatura to'g'risida»gi qonun

12³-modda. Advokatlar palatasining organlari va mansabdor shaxslari

(12³-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 11 октябрдаги ЎРҚ-497-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 12.10.2018 й., 03/18/497/2044-сон)

Advokatlar palatasining Konferentsiyasi palataning yuqori organi bo'lib, kamida besh yilda bir marta chaqiriladi. Advokatlar palatasi Boshqaruvi Advokatlar palatasining advokatlar orasidan saylanadigan ijro etuvchi organi bo'lib, palataning faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi. Advokatlar palatasining raisi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Advokatlar palatasining Konferentsiyasi tomonidan ushbu Konferentsiya saylagan Advokatlar palatasi Boshqaruvi a'zolari orasidan besh yil muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq Advokatlar palatasining raisi bo'lishi mumkin emas. Advokatlar palatasining raisi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini muhokama qilish bo'yicha majlislarida ishtirok etishga va ular yuzasidan fikr-mulohazalar bildirishga haqlidir. Advokatlar palatasining raisini lavozimidan muddatidan oldin chaqirib olish Advokatlar palatasining ustavida belgilangan hollarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Advokatlar palatasining Konferentsiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Advokatlar palatasining taftish komissiyasi Advokatlar palatasining moliyaviy nazorat organi hisoblanadi va advokatlar orasidan saylanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.