Advokatlar palatasi O'zbekiston Respublikasi barcha advokatlarining majburiy a'zoligiga asoslangan notijorat tashkilotidir.
Advokatlar palatasi o'zining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy boshqarmalari bilan birgalikda advokaturaning yagona o'zini o'zi boshqarish tizimini tashkil etadi.
Advokatlar palatasi advokatlarning qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashmaslik printsipi asosida faoliyat ko'rsatadi.
Advokatlar palatasining vazifalari va vakolatlariga o'xshash vazifalar va vakolatlarga ega bo'lgan boshqa tashkilotlarni tashkil etishga yo'l qo'yilmaydi.
Advokatlar Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalarining majburiyatlari bo'yicha javob bermaydi, advokatlarning majburiyatlari bo'yicha esa, Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalari javob bermaydi.
Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalarining o'z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha advokatlik tuzilmalari va advokatlar uchun majburiydir.
Advokatlar palatasi faoliyatini moliyalashtirish Advokatlar palatasi Konferentsiyasi tomonidan miqdori belgilanadigan kirish va a'zolik badallari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag'lar hisobidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Advokatura to'g'risida»gi qonun
12¹-modda. Advokatlar palatasi
(12¹-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.